Bugun 17 fevral, 2026 yil, seshanba

КИР

FVV qutqaruvchilari Nukusda inson hayotini saqlab qoldi

FVV qutqaruvchilari Nukusda inson hayotini saqlab qoldi

Bugun, 17 fevral kuni soat 08:20 da Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri markazidan oqib o‘tuvchi “Do‘stlik” kanalida bir fuqaro cho‘kayotganligi to‘g‘risida, ushbu hududdan o‘tib ketayotgan yo‘lovchi tomonidan FVBga xabar berilgan.

Xabarga asosan, FVB g‘avvos-qutqaruvchilari zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, fuqaroni qutqargan va darxol birinchi yordam ko‘rsatib, hayotini saqlab qolgan. Shundan so‘ng tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan.

Kiritildi: Bugun 10:30. O'qildi: 242 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!