Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

FVV ogohlantiradi: "Qamchiq"da qor yog‘ishi sabab ko‘ruvchanlik pasayadi

FVV ogohlantiradi: "Qamchiq"da qor yog‘ishi sabab  ko‘ruvchanlik pasayadi

O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazidan berilgan ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yil 12-13 yanvar kunlari A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovoni qismida vaqti-vaqti bilan qor yog‘ishi, tuman tushib, ko‘rinuvchanlik 50-100 m. gacha pasayashi, shamol tezligi sekundiga 15-20 m. gacha  kuchayishi,  yo‘lda qor uyumlari, yaxmalak hosil bo‘lishi kutilmoqda.

“Shu munosabat bilan, yo‘l transport hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, dovon hududida harakatlanishdan oldin quyidagi mutaxassis tavsiyalariga e’tibor qaratishingizni so‘raymiz:

avtomobillarning texnik holatini to‘liq ko‘zdan kechirish;

dovon orqali yetarli darajada yoqilg‘i-moylash mahsulotlari bilan harakatlanish;

avtotexnikalarning qish mavsumida harakatlanish uchun maxsus shinalar bilan almashtirish;

haydovchilarimizning “Qamchiq” dovoni orqali harakatlanganda hushyorlikni yanada oshirishlari va yo‘llarda to‘xtab dam olishlari;

viloyatlararo yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar, firmalar, xususiy tadbirkorlar tomonidan haydovchilar bilan profilaktik tadbirlar o‘tkazilishi.

“Qamchiq” dovoni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin:

“Qamchiq” Maxsus qidiruv-qutqaruv boshqarmasi navbatchilik qismi: (95) 146-87-08, (70) 662-72-49, (71) 212-70-07, (99) 837-29-38, 10-50.

O‘zingiz hamda yo‘lovchilar hayotini xavf ostiga qo‘ymang!” deyiladi xabarda.

 

Kiritildi: 17:41 12.01.2020. O'qildi: 2369 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!