Bugun 15 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi egallab turgan lavozimidan ozod qilindi

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi egallab turgan lavozimidan ozod qilindi


Futzal bo‘yicha terma jamoamizning Jahon chempionatidagi ishtirokiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. O‘FA rahbariyati hamda bosh murabbiy Xose Venansio Lopes qatnashgan yig‘ilishda jamoamizning musobaqadagi ishtiroki tanqidiy ko‘rib chiqildi.

Terma jamoamiz o‘yinidagi kamchiliklar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish, terma jamoaga nomzod futbolchilarni yetkazib berish yo‘lida turli yosh toifasida futzal terma jamoalarini tashkil etish, klublar o‘rtasidagi turnirlarni ko‘paytirish bo‘yicha takliflar berildi. Yurtimizdagi iqtidorli yosh futzalchilarga ko‘proq o‘yin amaliyoti berib, turnirlarga jalb etish orqali ularga yaxshi natijalarga erishish mumkinligi aytildi.

Xose Venansio O‘FA rahbariyatiga terma jamoa bosh murabbiyi sifatida ishlash imkoniyat berilgani uchun minnatdorchilik bildirdi. O‘tgan musobaqalar davomida O‘FA tomomidan barcha sharoitlar taqdim etilganini qayd etdi. Ispaniyalik mutaxassis O‘zbekistondagi faoliyati davomida zavq bilan ishlagani, barcha mutaxassislar unga ko‘maklashganini aytib, kelgusida do‘stona aloqalarni saqlab qolib, har qanday yordamga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

O‘z navabtida, O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Irmatov ispaniyalik mutaxassisga terma jamoadagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildirib, unga omad tiladi.

Xose Venansio Lopes bilan tuzilgan shartnoma yakunlandi.

Kiritildi: 22:23 07.10.2024. O'qildi: 1681 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!