Shuningdek, "yashil" hududlarda joylashgan sanatoriy, pansionat, bolalar oromgohlari va boshqa dam olish maskanlariga fuqarolarni markazlashtirilgan tartibda tashish uchun viloyatlararo avtobuslar, shu jumladan, turistik tashkilotlar avtobuslari qatnovini yo‘lga qo‘yishga RUXSAT BERILDI. Bunda:
? avtobuslarda haydovchi va yo‘lovchilar tibbiy niqob, tibbiy qo‘lqopda bo‘lishi lozimligi, shuningdek, ularning tana harorati pirometrlarda o‘lchanib, 37ºS va undan yuqori bo‘lgan holatda ularning avtobus saloniga chiqarilmasligi;
✋ avtobuslar viloyatlaro qatnovlarda "qizil" hududlarda to‘xtamagan holda harakatlanadi;
? avtobuslar doimiy ravishda har qatnovga chiqishdan oldin to‘liq dezinfeksiyadan o‘tkaziladi;
? avtobuslarda harakatlanayotgan yo‘lovchilarning reyslar kesimidagi ro‘yxati (bazasi) yuritiladi.