Bugun 8 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

Fransuzlar Makron iste’fosini istashmoqda

Fransuzlar Makron iste’fosini istashmoqda

Fransuzlarning 60 foizdan ortig‘i respublika prezidenti Emmanuel Makronning iste’fosini yoqlab chiqdi.

Le Figaro gazetasi buyurtmasi bilan Odoxa-Backbone sosiologik xizmati tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalari shundan dalolat beradi.

Respondentlarning 61 foizi amaldagi davlat rahbarining iste’fosini yoqlaydi. Nashr ta’kidlaganidek, 2024 yil sentyabridan buyon bu ko‘rsatkich 7 foiz punktga oshgan. Respondentlarning 38 foizi Makron iste’foga chiqishiga qarshi, tadqiqot ishtirokchilarining yana 1 foizi aniq javob berishga qiynaldi.

Bundan tashqari, respondentlarning 62 foizi Makronning prezidentligini avtoritar deb ta’riflaydi. Ko‘pchilik fransuzlar ham Fransua Bayru yil oxirigacha bosh vazir bo‘la olmaydi, deb hisoblaydi – respondentlarning 86 foizi Fransiya prezidenti 2025 yilda yangi bosh vazirni tayinlashi kerakligiga ishonchi komil.

Kiritildi: 09:19 04.01.2025. O'qildi: 564 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!