Fransiyadagi o‘quvchi va talabalar norozilik namoyishlari ortidan mamlakatdagi taxminan 70 ta universitetning kamida 90% yopilgan yoki bloklab qo‘yilgan. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, maktab o‘quvchilarining norozilik aksiyalari sentyabr oyining oxirida Il-de-Frans poytaxt mintaqasida boshlangan edi. Ayni paytga kelib ular Butun Fransiyani qamrab oldi.
Ishtirokchilar haddan tashqari og‘ir dars jadvali, o‘qituvchilar yetishmasligi va ta’lim tizimidagi boshqa muammolarga qarshi chiqmoqdalar.
Norozilik namoyishlari boshlanganidan buyon jandarmlar va polisiyachilar 7 mingga yaqin hibsga olishlarni amalga oshirdilar, 90% holatlarda hibsga olinganlar voyaga yetmaganlar bo‘lgan.