Fransiyaning YevroAeroport nomi bilan tanilgan Bazel—Molyuz—Frayburg aeroporti mina o‘rnatilgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi xabarlar ortidan vaqtincha yopildi. Le Monde nashrining xabariga ko‘ra, xavfsizlik nuqtai nazaridan yo‘lovchilar evakuasiya qilingan. Sappyorlar aeroportga jo‘natildi. Keyinchalik Yevroaerport ishni qayta boshlaganini e’lon qildi.
Bugun, 26 iyul kuni Parijda Olimpiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tishi kerak. Shu kuni Fransiya milliy temir yo‘llari kompaniyasining uchta tezyurar temir yo‘l liniyasida yong‘in sodir bo‘ldi. Rahbariyat sabotaj haqida xabar berdi. Poyezdning bekor qilinishi va kechikishi 800 ming yo‘lovchiga ta’sir qilishi mumkin. O‘yinlarning ochilish marosimiga bag‘ishlangan matbuot anjumani boshlanishiga 20 daqiqa qolganida hech qanday izohsiz bekor qilindi.