Bugun 19 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Fransiyada maktab o‘quvchisi o‘qituvchisini o‘ldirmoqchi bo‘ldi

A A A
Fransiyada maktab o‘quvchisi o‘qituvchisini o‘ldirmoqchi bo‘ldi

Fransiyadagi maktablardan birida o‘qituvchisini o‘ldirish uchun pichoq olib yurgan o‘spirin qo‘lga olindi. Bu haqda BFMTV xabar bermoqda.

Metz shahri polisiyasining xabar berishicha, mahalliy vaqt bilan soat 10:00 atrofida kollej talabasi Filipp de Vignel do‘stiga qo‘ng‘iroq qilib, o‘qituvchisini o‘ldirmoqchi ekanligini aytadi. Ushbu ma’lumotlar huquqni muhofaza qilish organlariga yetkazildi. Soat 10:20 da ularning xodimlari yigitni ushlab, undan pichoqni tortib olishdi.

«Sud tizimidagi suhbatdoshning so‘zlariga ko‘ra, voqeadagi har qanday terroristik yoki diniy jihatlar chiqarib tashlangan. Bu ko‘proq ta’lim mojarosi edi”, deb xabar beradi manba.

Ayni damda tergov olib borilmoqda.

Kiritildi: 17:21 12.03.2021. O'qildi: 2734 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik