Bugun 23 sentyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Fransiyada Makronga qarshi namoyish

Fransiyada Makronga qarshi namoyish

Fransiyaning Parij, Lion va Marsel kabi yirik shaharlarida Prezident Emmanuel Makronga qarshi ommaviy namoyish bo‘lib o‘tdi. Minglab odamlar ko‘chalarga chiqib, davlat rahbari so‘l qanot vakili, “Yangi xalq fronti” alyansidan nomzod, ekolog Lui Kasetni Bosh vazir etib tayinlay olmaganidan norozilik bildirgan.

Olomon hukumatni shakllantirish o‘ng markaz tarafdori Mishel Barnyega ishonib topshirilgani uchun yetakchining iste’fosini talab qilmoqda. Shuningdek, namoyishchilar Makronni saylov natijasiga e’tibor bermaganlikda ham ayblayapti. Eng kam ish haqini 1600 yevrogacha oshirish, pensiya yoshini 60 yosh etib belgilashni talab qilishyapti.

Aksiya Bastiliyada boshlanib, Milliy maydongacha yetib borgan. Tadbirning ayrim ishtirokchilari Makron boshqaruviga ters munosabat ramzi sifatida qirollik libosi kiyib olishgan. Prezident iste’fosi uchun imzo yig‘ilgani ham ta’kidlanmoqda.

Kiritildi: Bugun 11:34. O'qildi: 472 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!