Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Fransiyada G7 sammiti boshlandi

Fransiyada G7 sammiti boshlandi

Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron "Katta yettilik" davlatlari rahbarlariga qutlov so‘zi bilan G7 sammitini ochib berdi.

Makron sammit oldidan tvitterda G7 davlatlari o‘z fuqarolari xavfsizligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va tengsizlikka qarshi kurashish uchun bor kuchlarini sarflashiga va’da bergandi.

Evrokengash raisi Donald Tusk sammit oldidan bu uchrashuv "ozod dunyo va uning yetakchilari birligi va hamjihatligining murakkab sinovi" bo‘lishini bildirdi. U shuningdek, G7 davlatlari rahbarlarini savdo urushlarini to‘xtatishga chaqirdi.

Sammit Fransiyaning janubi-g‘arbidagi Biarris shahrida bo‘lib o‘tmoqda.

Davlat va hukumat rahbarlari jahon iqtisodiyoti, savdo, xalqaro xavfsizlik va boshqa masalalarni muhokama qilishadi.

Sammit doirasida davlatlar rahbarlarining ikki tomonlama muzokaralari ham bo‘lib o‘tadi.

Erondagi vaziyat, Hongkongdagi namoyishlar, Suriyadagi nizo, Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi keskinlik muhokama qilinadigan xalqaro mavzular markazida bo‘ladi.

Bundan tashqari, sammit arafasida 2020 yilda bo‘lib o‘tadigan sammitga Rossiyani taklif qilish masalasi muhokamaga sabab bo‘lgandi. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, Biarrisdagi sammitda ushbu mavzu ko‘tarilishi mumkin.

Kiritildi: 04:30 25.08.2019. O'qildi: 1207 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!