Fransiya Bosh vaziri Mishel Barnye tashqi ishlar vaziri lavozimiga Jan-Noel Barro nomzodini taklif qildi. Bu haqda “Le Figaro” nashri xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Barnye Yelisey saroyida Prezident Emmanuel Makronga o‘z hukumati uchun nomzodlarni taqdim etgan.
Xususan, Sebastyan Lekornyu Mudofaa vazirligi rahbari sifatida faoliyatini davom ettirishi aytilgan.
Endi Prezident nomzodlarni rasman tasdiqlashi kerak.
41 yoshli Barro hozir Milliy Assambleya Tashqi ishlar qo‘mitasi raisi va Yevropa ishlari bo‘yicha vazir delegati hisoblanadi.
Fransiyaning yangi hukumati tarkibida Makron tarafdorlari ham, o‘ng markaz vakillari ham bo‘lishi kutilyapti.