Fransiyadagi “Perle” atomli suvosti kemasini ta’mirlashayotganda, kuchli portlash yuz bergan. Portlash yong‘inga sabab bo‘lgan. Ammo kema yonishi tufayli taralayotgan tutun zaharli emas. Kema bortida zaharli yadro yoqilg‘isi bo‘lmaganligi aytib o‘tildi. Bundan tashqari, kemadagi ishchi va dengizchilar tez orada xavfsiz joyga ko‘chirildi. Yong‘inni bartaraf etish uchun 30 ta o‘t o‘chiruvchilar brigadalari jalb etilgan. Qolaversa, Marseldan ham yordamchilar yetib kelgan.