Bugun 24 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Fransiya va Italiyada suv toshqini butun boshli uylarni vayron qildi

A A A
Fransiya va Italiyada suv toshqini butun boshli uylarni vayron qildi

Fransiya janubida va Italiyaning shimolida to‘rt kishi toshqindan jabrlangan. Qutqaruvchilar bedarak yo‘qolgan o‘nlab odamlarni qidirmoqda. Qidiruv operasiyasida harbiylar va o‘t o‘chiruvchilar ishtirok etmoqda, Fransiya rasmiylari to‘rtta vertolyotni yordamga jo‘natishdi, deb xabar beradi Euronews.

Italiyaning Pyemont va Liguriya mintaqalari rasmiylari hukumatdan favqulodda holat e’lon qilishni so‘ramoqda.

«Aleks» bo‘roni Fransiya va Italiyada juma kuni sodir bo‘lgan. Ko‘priklar va uylarni suv oqizib ketdi, endi qutqaruvchilar jabrlanganlarga yordam berishga urinmoqdalar, ularning aksariyati deyarli barcha mol-mulkidan ayrilgan.

Fransiyada deyarli o‘rtacha yillik 500 millimetr yog‘ingarchilik yarim kun ichida yog‘di. Fransiya bosh vaziri Jan Kasteksning so‘zlariga ko‘ra, meteorologik kuzatuvlar boshlangandan beri mamlakatda hech qachon bunday yomg‘ir yog‘magan.

Kiritildi: 13:47 05.10.2020. O'qildi: 1905 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!