Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Fransiya va Ispaniya epidemiya boshlangandan keyin birinchi marta umumiy chegarani ochdi

Fransiya va Ispaniya epidemiya boshlangandan keyin birinchi marta umumiy chegarani ochdi

Chegarani kesib o‘tishga taqiqlov Ispaniya tomondan yarimtunda olib tashlangan. Fransiya esa Yevropa ittifoqi fuqarolari uchun chegaralarini kesib o‘tishga taqiqlovni 15 iyunda bekor qilgandi. Ta’kidlanishicha, ayni vaqtda Pertyus o‘tkazish punktida Fransiya tomon avtomobillar qatnovi Ispaniya tomonga qaraganda faolroq ekanligi kuzatilmoqda. Ko‘plab kataloniyaliklar Fransiyaga yaqinlarini ko‘rgani yo‘l olishgan. Fransuzlar esa Ispaniyaga asosan xarid uchun yo‘l olishmoqda. Ta’kidlanishicha, qo‘shni davlatda bir qator oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan go‘sht arzonroq turadi. Shuningdek, Ispaniyada tamaki va pardoz-andoz mahsulotlari Fransiyadagiga qaraganda ancha arzonroq.  

Ikki davlat o‘rtasidagi aloqaga taqiqlov deyarli 100 kun davom etgan.

Kiritildi: 00:11 22.06.2020. O'qildi: 1664 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!