Bugun 19 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Fransiya va Daniyada ham parranda grippi ko‘paymoqda

A A A
Fransiya va Daniyada ham parranda grippi ko‘paymoqda

Gollandiyada yuz minglab parrandalar yo‘q qilingandan so‘ng, Daniya va Fransiyada parranda grippi bilan kasallanish qayd etildi, deb xabar berdi Merco Press.

Fransiyaning Korsika orolida virus aniqlangach, yuzlab tovuqlar yo‘q qilingan va daniyaliklar mamlakat g‘arbida virus tarqalishini to‘xtatish uchun 25 000 dan ortiq qushlarni o‘ldirilganini aytishdi.

Fransiya milliy mudofaa vazirligi parrandalarni yovvoyi qushlardan majburiy ajratish choralarini ko‘rishni buyurdi va Daniya Yevropa Ittifoqi tashqarisiga tovuq tuxumlarini eksport qilishni to‘xtatdi.

Odamlar uchun xavfli bo‘lmagan, ammo qishloq xo‘jaligi uchun zararli bo‘lgan parranda grippining tarqalishi Belgiya, Gollandiya, Irlandiya va boshqa mamlakatlarda ham qayd etilgan.

Shu oy, Gollandiya rasmiylari ushbu virus sabab 200 mingdan ortiq qushlar yo‘q qilinganini e’lon qilishdi.

So‘nggi yillarda Fransiyaning janubi-g‘arbiy qismida o‘rdak yetishtiruvchilar parranda grippidan ikki marta azob chekishdi. Yuqtirilgan qushlarni ommaviy qirg‘in qilish natijasida yuz million yevro yo‘qotilgan. Daniya fermerlarni qushlarini grippdan himoya qilishga chaqirdi.

Kiritildi: 18:30 18.11.2020. O'qildi: 1891 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik