Fransiya va Buyuk Britaniya o‘t ochishni to‘xtatish holatida xavfsizlikni ta’minlash uchun Ukrainaga harbiylarni yuborishni oldindan rejalashtirishni boshladi, deb yozadi Politico gazetasi yevropalik amaldorga tayanib.
Maqolada "Britaniyaliklar va fransuzlar allaqachon dastlabki rejalashtirish ishlarini boshlab yuborishdi," deyilgan.
Boshqa manbalarning ma’lum qilishicha, Yevropada hozirda besh yoki olti Yevropa davlatidan tashkil topgan, taxminan 50 ming harbiyni o‘z ichiga olgan kuchlarni tuzish muhokama qilinmoqda. Reja bo‘yicha, agar o‘t ochish to‘xtatilsa, bu harbiylar Ukraina Qurolli Kuchlari va Rossiya kuchlari o‘rtasidagi chegara chizig‘ida tartibni saqlash vazifasini bajarishadi.
Ilgari Financial Times gazetasi Ukraina amaldorlarining fikricha, Kiyev ittifoqchilari nizoni hal qilish doirasida chegarada xavfsizlikni ta’minlash uchun 40-50 mingga yaqin harbiyni yuborishi mumkinligi haqida yozgan edi.