“WikiLeaks” yaratuvchisi, jurnalist Julian Assanjning Britaniya qamoqxonasida turib, Fransiyadan boshpana so‘rash haqidagi iltimosi Krit kommunasi sudi tomonidan rad etildi.
Bu haqda AFP sud qaroriga tayanib xabar berdi.
Sudning ta’kidlashicha, Assanj so‘rovining rad etilishi uning Fransiya yoki Yevropa Ittifoqi hududida yo‘qligi bilan bog‘liq.
So‘rov mualliflari "Robin des Lois" uyushmasi vakillari edi. Xususan, ular Fransiya kodeksining xorijliklarning mamlakat hududiga kirishi va yashashi, shuningdek, boshpana huquqini berishga oid bir qancha moddalariga e’tiroz bildirgan. Arizachilarning fikricha, bu moddalar Fransiya konstitusiyasi va qator xalqaro konvensiyalarning muqaddimasiga ziddir.