Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Fransiya maktablarida musulmon libosini kiyish taqiqlanmoqda

Fransiya maktablarida musulmon libosini kiyish taqiqlanmoqda

Fransiya hukumati o‘quvchi qizlarga musulmon ayollar uchun an’anaviy bo‘lgan butun tanani qoplaydigan uzun ko‘ylak — abayyada maktabga kelishni taqiqlaydi. Bu qarorni 27 avgust, yakshanba kuni ta’lim vaziri Gabriel Attal e’lon qildi.

"Fransiya Respublikasidagi maktab kuchli qadriyatlarga qurilgan, dunyoviylik ulardan biri. Sinfga kirganingizda, o‘quvchilarning dinini aniqlay olmaslik kerak", - dedi vazir bu qarorni izohlarkan. Politico nashrining ta’kidlagashicha, bu taqiq qonun shaklida mustahkamlanmasligi ehtimoldan xoli emas — Ta’lim vazirligi fransuz maktablariga yuboriladigan lavozim tavsiflari bilan cheklanadi.

Nashr, shuningdek, Fransiya hukumati 2004 yilda ta’lim muassasalarida diniy ramzlarni: katta xochlar, yahudiy kipalari, islomiy ro‘mollarni kiyishni taqiqlaganini ta’kidladi.

Kiritildi: 11:54 30.08.2023. O'qildi: 1839 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!