Fransiya janubidagi Arl kommunasi markaziy qamoqxonasidagi mahbus odamlarni garovga oldi.
Bu haqda La Provence gazetasi xabar bermoqda.
Nashrning yozishicha, gap uch tibbiyot xodimi va bir qamoqxona xodimi haqida ketmoqda.
Qayd etilishicha, hujum qilgan shaxs pichoq bilan qurollangan. Nashr mahbus haqida boshqa tafsilotlarni keltirmadi.
La Provence ta’kidlaganidek, Arl qamoqxonasi 1990 yillarda qurilgan. U 159 nafar mahkumga mo‘ljallangan bo‘lib, hozirda 137 nafar shaxs jazoni o‘tamoqda.