Fransiyada koronavirus yuqtirganlar soni bir milliondan oshdi. Bu Jons Xopkins universiteti ma’lumotlarida qayd etildi.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 1 000 369ta kasallanish holatlari qayd etilgan bo‘lib, 34 075 nafar bemor vafot etgan.
Fransiya koronavirus yuqtirganlar soni bir milliondan oshgan dunyodagi yettinchi va Yevroittifoqdagi ikkinchi davlat bo‘ldi.
21 oktyabr kuni Ispaniya Yevropada ushbu ko‘rsatkich qayd etilgan birinchi davlat bo‘lgandi. Shu kuni Chexiyada koronavirus infeksiyasi tarqalishi sababli keskin choralar joriy etilganini e’lon qildi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirus yuqtirganlar soni 41,3 milliondan oshgan, ularning 1,13 million nafari vafot etgan.