Bugun 16 oktyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Fransiya byudjet taqchilligi sababli 2024 yilda Ukrainaga 3 milliard yevrolik yordam va’dasini bajarmaydi

Fransiya byudjet taqchilligi sababli 2024 yilda Ukrainaga 3 milliard yevrolik yordam va’dasini bajarmaydi

Fransiya byudjet taqchilligi sababli 2024 yilda Ukrainaga 3 milliard yevrolik yordam va’dasini bajarmaydi — Politico.

"2024 yil boshida bu yordam 3 milliard yevroga yetishi mumkinligi haqida siyosiy qaror qabul qilingan edi, aslida yordam miqdori 2 milliard yevrodan oshadi, lekin 3 milliard yevroga yetmaydi", — dedi Fransiya Mudofaa vazirligi rahbari Sebastyan Lekornyu.

2024 yilda Ukrainaga yordam berish uchun 3 milliard yevrogacha mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi qaror Kiyev va Parij o‘rtasidagi ikki tomonlama kelishuvda mustahkamlangan bo‘lib, uni prezidentlar Volodimir Zelenskiy va Emmanuel Makron fevral oyida imzolagan.

Ammo, Politico nashrining yozishicha, Fransiya Ukrainaga yordam xarajatlarini kamaytirishga majbur, chunki 2024 yil uchun byudjet taqchilligi mamlakat yalpi ichki mahsulotining taxminan 6 foizini tashkil qilishi kutilmoqda.

Kiritildi: Bugun 12:23. O'qildi: 386 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!