Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Fransiya bundan norozi bo‘lmoqda

Fransiya bundan norozi bo‘lmoqda

2024 yil Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarining suvenirlarini ishlab chiqarish bo‘yicha faqat ikkita Fransiya kompaniyasi shartnoma olgan. Shu tariqa, o‘yinchoq Frigiya qalpoqlarining atigi 8 foizi Fransiyada Xitoydan olib kelingan matolardan, qolgan barcha qismi esa Xitoyning o‘zida tayyorlanadi, deb xabar beradi “France 24”agentligi.

“Ethic” biznes egalari assosiasiyasi bu qarorni fransiyalik tadbirkorlar uchun haqorat deb atadi. Ularning ta’kidlashicha, Olimpiada boshlanguncha mamlakatda kerakli miqdordagi o‘yinchoqlar ishlab chiqarish uchun yetarli vaqt bor edi. Hukumat spikeri Olivye Veran bunga javoban Fransiyada hozirda zarur infratuzilma yo‘qligini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, dushanba kuni Frigiya qalpoqchasi bo‘lajak Olimpiya o‘yinlarining rasmiy tumoriga aylandi. U Fransiyaning inqilobiy ruhini va sportning global o‘zgarishlar uchun muhimligini aks ettiradi.

Kiritildi: 09:07 20.11.2022. O'qildi: 2559 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!