Savol: Telefon kompaniyasi har oy ellik lira evaziga pullik qo‘shimcha xizmat taklif qilyapti. Shuningdek, mazkur kampaniya o‘z mijozlariga ming lira omonat qo‘yib, to shu mablag‘ni qaytarib olgunigacha bo‘lgan muddatda o‘sha xizmatdan bepul foydalanishni ham taklif etayotir. Bir qarashda bu menga ribo bo‘lib ko‘rinyapti. Chunki mijoz har safar omonatga qo‘ygan ming lira evaziga ellik liralik xizmatdan bepul foydalanadi-da. Buning hukmi qanday?
Alloh sizni barcha yaxshiliklar ila siylasin.
Javob: Qo‘shimcha pullik xizmat joiz va mashru’. Ammo boshqa vasilalar ribodir. Ribo esa harom.
Shayx Muhammad Said Ramazon Butiy
"Saralangan fatvolar"