Bugun 14 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Fox News telekanali Pasxa marosimlari translyasiyasida Ukrainadagi soborni “Kiyev, Rossiya” yozuvi bilan namoyish qildi

Fox News telekanali Pasxa marosimlari translyasiyasida Ukrainadagi soborni “Kiyev, Rossiya” yozuvi bilan namoyish qildi

Fox News telekanali Pasxa marosimlari translyasiyasida Ukrainadagi soborni “Kiyev, Rossiya” yozuvi bilan namoyish qildi. Bu haqda "Meduza" xabar berdi.

AQSh telekanalining YouTube'dagi translyasiyasi davomida Moskvadagi cherkovda va Kiyevdagi soborda o‘tkazilayotgan Pasxa marosimlari yonma-yon ko‘rinishda namoyish etildi.

Ukrainadagi marosim ostida esa “Kiyev, Rossiya” degan yozuv paydo bo‘lgan. Bu noto‘g‘ri yozuv translyasiyada taxminan 20 daqiqa davomida ko‘rinib turgan. Keyinchalik bu xatolik tuzatilib, “Rossiya” o‘rniga “Ukraina” deb yozilgan.

Kiritildi: 17:20 20.04.2025. O'qildi: 972 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!