Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Fotokamera chiroqlari sharofati bilan besh yoshli qizchaning ko‘zida saraton o‘smasi aniqlandi

Fotokamera chiroqlari sharofati bilan besh yoshli qizchaning ko‘zida saraton o‘smasi aniqlandi

Amerikaning Ogayo shtatida yashovchi besh yoshli Greysi Korrigan xali go‘dak bo‘lishiga qaramay, ko‘zlarida aniqlangan o‘ndan ortiq saraton o‘smalari tufayli kimyoviy terapiya olishga majbur bo‘lyapti. Qizchadagi bu dahshatli xastalik onasining uni ajabtovur suratga olishga bo‘lgan qiziqishi sabab aniqlangan.

Qizchaning onasi Elli Smit aytishicha, barchasi 2016 yilda, qizining suratlarini ko‘rib o‘tirgan paytida boshlangan. U farzandining o‘ng ko‘zi noodatiy tarzda yonib qolayotganini sezgan. Shundan so‘ng shifokorlarga murojaat qilgan ona qizida kam uchraydigan kasallik borligini, unda zararli o‘sma paydo bo‘lganini eshitgan.

Shundan so‘ng uni Filadelfiyadagi oftalmologiya markaziga jo‘natishgan, u yerda esa mutaxassislar qizning ko‘zida o‘nlab o‘smalar paydo bo‘lganini qayd etgan. Ertasi kuniyoq muiaxassislar tavsiyasi bilan qizchaning ko‘zi olib tashlangan.

Oradan ikki hafta o‘tib,Greysi kimyoviy terapiyalar kursini ola boshlagan. Xozir qizcha besh yoshga to‘ldi va allaqachon protezga ko‘nikib ketgan Greysi maktabga tayyorlanmoqda.

life.ru

Kiritildi: 16:27 17.04.2019. O'qildi: 1865 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!