Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

FOTO! Shavkat Mirziyoyevning bo‘lajak samolyoti

FOTO! Shavkat Mirziyoyevning bo‘lajak samolyoti

Internetda O‘zbekiston prezidentining bo‘lajak samolyoti haqida ilk ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Bu haqida “Buyuk kelajak” eksperti Rakhmad Sobirov Facebookda xabar qildi.

“Boeing 787-800, Dreamliner VIP, Uzbek Air Force One, Registration No: UK001. MSN: 64435. Bayrog‘imizning ranglari juda yarashibdi! Xalqimizning xizmatini bajarishda Prezidentimizga ko‘makdosh bo‘lsin bu samolyot! Bu samolyot Xudo hohlasa ko‘p yillar xizmat qiladi va uzoqni yaqin qiladi. Endi bemalol transatlantik parvozlarni to‘xtamasdan amalga oshirsa bo‘ladi!”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, shu vaqtga qadar O‘zbekiston prezidenti xorijiy safarlarida Boeing 767-300 samolyotidan foydalanar edi. Ushbu samolyotning parvoz uzoqligi 6 000dan - 9000 kilometrgacha. Boeing 787-800 – esa 14 000 kmgacha to‘xtovsiz ucha oladi.

 

Kiritildi: 14:27 19.08.2019. O'qildi: 5930 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!