Bugun 15 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Ford svetoforlar bo‘lmagan kelajak yo‘llari bo‘ylab harakatlanishni namoyish qildi

Ford svetoforlar bo‘lmagan kelajak yo‘llari bo‘ylab harakatlanishni namoyish qildi

Ford kompaniyasi yaqin kelajakda svetoforlar bo‘lmagan yo‘llarda haydovchisiz avtomobillar qanday harakatlanishi ko‘rsatilgan lavhani e’lon qildi.

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, haydovchilar o‘rtacha hisobda har yili 2 kun svetoforning yashil chirog‘ini kutishda o‘tkazishadi. Shu bilan birga barcha avtofalokatlarning 60 foizga yaqini chorrahalarda yuz beradi.

Kompaniyaning yangi modeli avtomobillarga, joylashgan o‘rnini aniqlab, o‘zaro “gaplashish”ga imkon beradi. Agar mashinalar bir chorrahaga yaqinlashayotgan bo‘lsa, unda elektronika avtomobillar to‘xtamasligi uchun svetoforgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tish uchun mukammal tezlikni hisoblab chiqadi. Kerakli tezlik haqida haydovchiga xabar beriladi.  

Manba: kun.uz

Kiritildi: 06:12 12.10.2018. O'qildi: 1205 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!