Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Forbes: O‘zbekiston yangi kripto tizim joriy qilib, mamlakatga tokenlar orqali investisiya jalb qilmoqchi

Forbes: O‘zbekiston yangi kripto tizim joriy qilib, mamlakatga tokenlar orqali investisiya jalb qilmoqchi

Forbes jurnali O‘zbekistonning kriptovalyuta va blokcheyn tizimiga o‘tishi haqida yozdi.

Bu kripto valyuta tizimi Venesuela Petro tangasi yoki Abhaziyaning Gruziya xalqi ustidan o‘rnatgan tanga siyosatiga o‘xshagan bo‘lmaydi, deb tahlil qilinadi jurnalda.

Shavkat Mirziyoyevning ta’kidlashicha, kripto hech bo‘lmaganda kripto valyuta savdogarlari uchun qonuniy tender hisoblanadi. U Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida sentyabr oyida almashinuvni qonuniylashtirishgan va o‘sha oyning o‘zida startap, tadqiqot va taraqqiyot bilan bog‘liq blokcheynga investisiya kiritish uchun Raqamli ishonch nomli jamg‘arma tashkil qilgan. Yangi texnologiyalar uchun investisiya vositasi bo‘lishdan tashqari, Raqamli ishonch mamlakatga kripto dunyosida ozgina bo‘lgan STO (blokcheyn loyihalarga investisiya kiritish shakli) olib kirishga urinyapti.

Biz STO ga juda ehtiyotkorlik bilan qarayapmiz va buning asoslarini ishlab chiqmoqdamiz. ICO sarmoyadorlar uchun shunchaki reklama bo‘lganini, tangalarni qaytarish uchun aktivlari yo‘qligini tushunamiz. STO esa qonuniy investisiya hisoblanib, aktivlarni qimmatbaho qog‘ozga aylantirib olish mumkin. Hozirda mana shu bozorni qurish uchun qonunlar ustida ishlayapmiz. Lekin shoshib, xato qilishni xohlamaymiz, deydi Raqamli ishonch kompaniyasining investision bo‘yicha direktori Bobir Oqilxonov Forbes jurnaliga.

U boshqaruvdagi mablag‘larini oshkor qilmadi. Ayni paytda, O‘zbekiston kripto bozordan alohida faoliyat yuritadigan blokcheynni sinovdan o‘tkazmoqda. Qo‘shni Qozog‘iston ham hech narsani o‘tkazib yubormaslik uchun xuddi shu yo‘ldan boryapti. Jamg‘armaning asosiy fondlaridan biri Delta City . U aqlli shahar loyihasini o‘zida jamlagan, ammo tokenlarga ega bo‘lmagan Toshkentdagi yirik ko‘chmas mulk loyihasi hisoblanadi.

Ma’lumot uchun: STO o‘z turiga ko‘ra, rasmiy ravishda qimmatbaho qog‘oz (aksiya) sifatida e’tirof etilgan va uning vazifalarini bajarishi kerak bo‘lgan token taklifidir.

Manba: daryo. uz

Kiritildi: 20:26 20.01.2019. O'qildi: 2068 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!