Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

FOJIA! Qo‘qonda Xitoydan qaytgan 20 yoshli talaba yigit vafot etdi

FOJIA! Qo‘qonda Xitoydan qaytgan 20 yoshli talaba yigit vafot etdi

Qo‘qonda Xitoydan qaytgan 20 yoshli talaba yigit vafot etdi. Marhum M.A. 2019 yilning kuzidan buyon Xitoyning Guylin shahrida o‘qishda bo‘lgan. Joriy yil 31 yanvar kuni Xitoydan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘qligi uchun Janubiy Koreya orqali O‘zbekistonga qaytgan.

Qo‘qon shahar davlat sanitariya va epidemiologiya nazorat markazi tomonidan berilgan rasmiy izohda Xitoydan qaytgan talaba vafoti tasdiqlanib, fuqaro o‘limi dastlabki sud tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, is gazidan zaharlanish oqibati kelib chiqqanligi, Xitoyda tarqalgan koronavirus xastaligi bilan bog‘liqlik alomatlari aniqlanmagani ta’kidlanadi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yil 5 fevral kuni O‘zbekiston tumanida yashovchi M.A. o‘zi istiqomat qiladigan uy hammomiga yuvinish uchun kirib ketib, bir necha soat davomida qaytib chiqmagan.

Shundan so‘ng uning yaqinlari hammom eshigini buzib kirishganida yigit jonsiz holatda yotganiga guvoh bo‘lishgan.

Murda dastlabki sud tibbiy tekshiruvidan o‘tkazilganida unda is gazidan zaharlanishga xos bo‘lgan maxsus spesifik belgilar aniqlangan.

Qayd etilishicha, M.A. til o‘rganish maqsadida 2019 yil 15 noyabrda Xitoyga borib, joriy yil 31 yanvar kuni Janubiy Koreya orqali O‘zbekistonga qaytgan. U yurtimizga qaytib kelgan kuniyoq O‘zbekiston tumanidagi poliklinikada tibbiyot xodimlari tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilgan va ikki haftalik nazoratga olingan bo‘lib, unda hech qanday kasallik alomatlari aniqlanmagan. 

Inna lillahi va inna ilayhi roji’un.!

Kiritildi: 10:55 13.02.2020. O'qildi: 8175 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!