Florida universitetida yuz bergan otishmada to‘rt kishi yaralandi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchi allaqachon hibsga olingan. Hodisaning boshqa tafsilotlari hozircha ma’lum emas.
Jinoyatchining motivlari o‘rganilmoqda. Jabrlanganlarning ahvoli haqida xabar berilmagan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabr oyida Amerikaning Alabama shtatidagi Taskigi universiteti kampusida otishma sodir bo‘lgan, natijada bir kishi otib o‘ldirilgan, yana 16 kishi yaralangan edi.