AQShning Florida shtati tabiiy ofat iskanjasida qolmoqda, deb xabar qildi Argumenti i fakti nashri.
Hozirga qadar Maykl dovuli oqibatida shtat anchagina talofat ko‘rdi. Soatiga 200 km. tezlikda esayotgan shamol AQSh harbiy-havo kuchlarining Tindalldagi harbiy bazasini vayron qildi. Ko‘rilgan moddiy zarar to‘g‘risida aniq ma’lumotlar yo‘q. Xabarlarga ko‘ra, Mayk Florida tarixidagi eng kuchli bo‘ron sifatida qayd etilmoqda. Mazkur ofat nafaqat insonlar, balki jonivorlar uchun xam xavf tug‘dirmoqda. Hayvonot bog‘ida daraxtlar singan va ba’zi inlar buzilganini ko‘rish mumkin.
Manba: darakchi.uz