Bugun 15 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Fizika bo‘yicha Nobel sun’iy neyron tarmoqlarni o‘rgangan olimlarga berildi

Fizika bo‘yicha Nobel sun’iy neyron tarmoqlarni o‘rgangan olimlarga berildi

8 oktyabr kuni fizika bo‘yicha 2024 yilgi Nobel mukofoti Jon Xopfild (Prinston universiteti, AQSh) va Jeffri Xintonga (Toronto universiteti, Kanada) berildi. Bu haqda mukofotni topshiruvchi Stokgolmdagi Qirollik Karolinska tibbiy-jarrohlik instituti xabar qildi.

Qayd etilishicha, olimlar mukofotga sun’iy neyron tarmoqlaridan foydalangan holda mashinali o‘qitishni ta’minlaydigan asosiy kashfiyotlar va ixtirolarga qo‘shgan hissasi uchun munosib ko‘rilgan. Ikkala laureat ham statistik fizika bilan shug‘ullanib kelgan.

2023 yilda fizika bo‘yicha Nobel elektronlar bo‘yicha eksperimental tajribalar o‘tkazgan olimlar Pyer Agostini, Ferens Krauz va Ann Le-Huillerga taqdim qilingandi.

Ma’lumot uchun, kuni kecha tibbiyot va fiziologiya bo‘yicha Nobel mukofoti genlar faoliyatini boshqaruvchi mikroRNK molekulalarini kashf etgan Viktor Ambros va Gari Ruvkunga topshirildi. Ushbu yo‘nalish mukofot haftaligini ochib berdi.

9 oktyabrda kimyo, 10 oktyabrda adabiyot bo‘yicha laureatlarning nomi e’lon qilinadi. 11 oktyabr kuni tinchlik mukofoti, 14 oktyabrda esa Alfred Nobel xotirasiga iqtisod bo‘yicha mukofot topshiriladi.

Kiritildi: 16:03 08.10.2024. O'qildi: 1416 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!