Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Firibgarlikda ayblanayotgan “Human” agentligi direktori ozodlikdami?

Firibgarlikda ayblanayotgan “Human” agentligi direktori ozodlikdami?

IIV Tergov departamenti “Human xususiy bandlik agentligi” MCHJ  rahbarining ozodlikda ekanligi va jarblanuvchilarga yetkazilgan moddiy zarar undirilmaganligi iddao qilingani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

Xabarda qayd etilishicha, shu kabi da’volar assosiz va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

“Dastlabki tergov davomida SH.Fayzullayevga nisbatan O‘zbekiston JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan ayblov e’lon qilingan va qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilib, hozirda u IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasiga qarashli 1-sonli tergov hibsxonasida saqlanmoqda”, - deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, jabrlanuvchilarga yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplanishini ta’minlash maqsadida, SH.Fayzullayev firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan pul mablag‘lari hisobidan xarid qilingan mol-mulklarni, shuningdek o‘zlashtirib yuborilgan va sarflangan pul mablag‘larni aniqlab, ularni xatlash choralari ko‘rilmoqda.

Xabarda agentlik rahbariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davom etayotgani va tergov yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi qo‘shimcha qilingan.

Tergov departamenti fuqarolardan norasmiy ma’lumotlarga ishongan holda biror-bir huquqbuzarlik sodir etishdan o‘zlarini tiyishni hamda IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan jinoyat ishi bo‘yicha berib boriladigan rasmiy ma’lumotlarga asoslanishni so‘ragan.

 

Kiritildi: 11:33 13.11.2019. O'qildi: 1768 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!