Bugun 22 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Firibgarlar tuzog‘i: "Supershou" g‘olibi bo‘ldingiz!

Firibgarlar tuzog‘i: "Supershou" g‘olibi bo‘ldingiz!

Navoiy viloyatida yashovchi G.O. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 3.000 000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Surxondaryo viloyatida yashovchi O.X. sodir etganligi aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov harakatlariga jalb etilgan, O.X. telegram messenjeri orqali jabrlanuvchi G.O.ga "Supershou"da g‘olibi ekanligi va "super yutuq" avtomashina yutib olganligini ma’lum qilib, notarius xizmati va boshqa xarajatlar uchun deb jami 3.000.000 so‘m miqdoridagi pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank kartasiga o‘tkazib olgan va yozishmalarni o‘chirib yuborib, uning qo‘ng‘iroqlariga javob bermay, qora ro‘yxatga kirgazib qo‘ygan.

Mazkur holat yuzasidan K.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 22:30 21.09.2024. O'qildi: 187 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!