Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Firibgar fuqaroning kartasidan 1 mln 220 ming so‘mni yechib oldi

Firibgar fuqaroning kartasidan 1 mln 220 ming so‘mni yechib oldi

Joriy yilning 15 mart kuni noma’lum shaxs telegramm dasturi orqali, UZB_PAYMENTS_ADMIN nomli akkaunt ochib, Jondor tumani Samonchuq mahallasida yashovchi M.M. bilan virtual muloqot qilib, unga “1Xbet” bukmeykeridan pul chiqarib berishni va’da qilib, turmush o‘rtog‘i R.G‘. nomiga rasmiylashtirilgan plastik kartasidan 1.220.000 so‘m pullarini firibgarlik yo‘li bilan yechib olgan.

Mazkur holat yuzasidan Jondor tumani Ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari davomida mazkur firibgarlik jinoyatini Xorazm viloyati Yangibozor tumani Iftixor mahallasida yashovchi, 2003 y.t. Q.E. ismli shaxs sodir qilganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Kiritildi: 14:30 18.04.2021. O'qildi: 2222 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!