Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Fir’avn va Homon (“Masnaviydan ibratli hikoyalar”)

Fir’avn va Homon (“Masnaviydan ibratli hikoyalar”)

Fir’avn ba’zida Muso alayhissalomning gaplarini eshitganida, qalbi yumshab, gaplariga moyil bo‘lardi. Iymon ketirish istagi tug‘ilardi. Chunki hazrati Muso alayhissalomning kalomi beqiyos ta’sirchan, agar tosh eshitganida, undan sut otilib chiqqan bo‘lardi. Fir’avn mana shu holatni vaziri Homonga aytganida, u: “Shu kungacha hukmdor bo‘lding, endi hirqasi yamoq odamga qul bo‘lmoqchimisan?”, der edi.

Shu bilan Muso alayhissalom yuz kunda insho etgan saroyni Homon bir kunda vayron qilardi.

Ey g‘ofil inson! Sening aqling ham hoyu havasga asir bo‘lgan yuqoridagi vazir kabidir. Sening vujuding iymon yo‘lini to‘sib turadi. Haqning do‘stlari senga o‘git aytsa, badaning istaklariga tobe aqling uning gaplarini ta’sirsiz holatga olib keladi. Aql senga: “Bu nomaqbul gaplarga quloq tutma!”, deydi.

Ba’zida aql bizni haqiqat yo‘lidan adashtiradi, ilohiy muhabbat va iymonga qarshi vasvasalarni ichimizda uyg‘otadi. Buni Fuzuliyning mana bu satrlaridan ham anglash mumkin:

“Men aqldan istayman dalolat,
 Aql menga ko‘rsatadi zalolat”.

Manba: azon. uz

Kiritildi: 22:31 12.06.2019. O'qildi: 3279 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!