Bugun 20 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Finlyandiyada prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi boshlandi

A A A
Finlyandiyada prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi boshlandi

Finlyandiyada prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi boshlandi. Mamlakat rahbari lavozimi uchun deputat va sobiq tashqi ishlar vaziri Pekka Haavisto va sobiq bosh vazir Aleksandr Stubb raqobatlashmoqda.

“TASS”ning mamlakat Adliya vazirligiga tayanib xabar berishicha, Toshkent vaqti bilan soat 12:00 da butun mamlakat bo‘ylab 900 dan ortiq saylov uchastkalari ochilgan.

Saylov uchastkalari Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da yopiladi. Shundan so‘ng darhol Finlyandiya Adliya vazirligi birinchi natijalarni e’lon qilishi kerak.

Kiritildi: 13:34 11.02.2024. O'qildi: 1296 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!