Bugun 30 may, 2025 yil, juma

КИР

Finlyandiya Rossiya bilan chegaraga qo‘shaloq to‘siqlar o‘rnatdi va transchegaraviy hamkorlik shartnomasini bekor qildi

A A A
Finlyandiya Rossiya bilan chegaraga qo‘shaloq to‘siqlar o‘rnatdi va transchegaraviy hamkorlik shartnomasini bekor qildi

Finlyandiya hukumati Rossiya bilan chegarada qo‘shaloq to‘siqlar tizimini o‘rnatdi.

Bu haqda Yle portaliga Finlyandiya janubi-sharqiy chegara xizmati qo‘mondoni o‘rinbosari Yukka Lukkari ma’lum qildi.

"Ayni damda chegara punktlari yopiq. Davlat chegarasida ham, mamlakat ichida ham panjaralar o‘rnatildi. Agar odamlar kelsa, biz ularni Finlyandiyaga qonuniy ravishda kirishi mumkin bo‘lgan joyga yo‘naltiramiz" - dedi u.

Finlyandiya Vazirlar Mahkamasi migrantlarning nazoratsiz kirib kelayotgani sababli Rossiya bilan quruqlikdagi chegaradagi barcha sakkizta avtomobil nazorat-o‘tkazish punktlarini 13 dekabrga qadar yopdi.

Finlyandiya hukumati bugun ham Rossiya bilan transchegaraviy hamkorlik shartnomasini bekor qildi. Rasmiy Xelsinki 25 oktyabr kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligidan bu borada nota olganini va kelishuvni bekor qilish rezolyusiyasini qo‘llab-quvvatlaganini aytdi. Qaror 2024 yil 24 yanvardan kuchga kirishi ma’lum qilindi.

Kiritildi: 20:40 30.11.2023. O'qildi: 1189 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!