The Independent'ga ko‘ra, Finlandiya, Latviya va Estoniya NATO a’zolari AQShning ishtirokisiz Rossiyaga qarshi turishga tayyor emasligini ma’lum qildi.
Nashr ushbu masala bo‘yicha Latviya prezidenti Edgars Rinkeviçs, Finlandiya prezidenti Aleksandr Stubb va Estoniya bosh vaziri Kristen Mixal bilan intervyu o‘tkazgan.
"Ushbu davlat rahbarlari, shuningdek, Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishda imkoniyatlarining chegarasiga yetganini tan olishdi", deb yozadi The Independent.