Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Filippinda piyoz narxi rekord daraja — 13 dollarga qimmatlashdi

Filippinda piyoz narxi rekord daraja — 13 dollarga qimmatlashdi

Filippinda piyoz narxi rekord darajaga yetdi. Sabzavotlar narxi shunchalik oshdiki, ko‘pchilik uni oltin bilan solishtirmoqda, deya xabar beradi The Guardian.

Filippin oshxonasining asosiy tarkibiy qismi bo‘lgan piyoz narxi go‘shtdan qimmatroq bo‘ldi. Bir kilogramm piyoz 700 pesoga yoki taxminan 13 AQSh dollariga qimmatlashdi.

Mahalliy restoranlarda piyoz va piyoz qo‘shilgan taomlar yo‘qligi haqida ogohlantiruvchi e’lonlar osib qo‘yilgan.

Filippin rasmiylari sayyohlarni maxsus ruxsatnomasiz piyoz olib yurmaslik haqida ogohlantirmoqda.

Filippin rasmiylari o‘tgan yili 500-600 million peso (9-11 million dollar) qiymatidagi piyozni musodara qilgan, deya xabar beradi mahalliy matbuot. Noqonuniy piyoz hajmi mamlakatdagi barcha kontrabanda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 30 foizini tashkil qilgan.

Shu hafta mamlakat prezidenti Ferdinand Markos mamlakatdagi oziq-ovqat inflyasiyasini favqulodda holat deb atadi.

«Piyoz narxining oshishi dekabr oyida rekord darajaga yetdi», - deydi Ateneo de Manila universiteti professori Leonardo Lanzona.

Dekabr oyi oxirida bir kilogramm piyoz 720 pesoga (13 dollar) yetdi, bu megapolisdagi eng kam kunlik ish haqidan (533-570 peso) oshib ketdi. O‘shandan beri narxlar tushdi, lekin bir kilogramm piyoz hali ham butun tovuqdan qimmatroq.

Nafaqat piyoz narxi oshdi. Tuxum narxi ham oshdi, mamlakatda shakar tanqisligi yuzaga keldi.

Mutaxassislar piyoz inqirozining turli sabablarini tilga olishadi: sovuq omborning yetishmasligi, pandemiyadan keyin talabning ortishi, kontrabanda va tabiiy ofatlarning ta’siri.

«Menimcha, bu muammoni hal qilishning eng yaxshi yo‘li fermerlarga bevosita iste’molchilar bilan ishlash imkonini berishdir», - dedi professor Lanzona.

Uning ta’kidlashicha, hukumat fermerlarni bozorga chiqish uchun texnologiyalar bilan ta’minlashga e’tibor qaratishi kerak.

Kiritildi: 22:14 27.01.2023. O'qildi: 2834 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!