Filippin prezidenti Rodrigo Duterte, COVID-19 yuqtirganlar sonining yangi o‘sishi fonida, emlashni istamaganlarni hibsga olishga va’da berdi.
"Agar siz emlanishni xohlamasangiz, men sizni hibsga olaman va sizga vaksinani beraman. Siz zararkunandalarsiz ... Agar siz emlanmasangiz, Filippindan chiqing. Hindistonga yoki Amerikaning biron bir joyiga boring. Men vazirlikka ko‘rsatma beraman. Ichki ishlar va mahalliy hokimiyat idoralari vaksinasiyadan bosh tortganlarning ro‘yxatlarini tuzish uchun ", dedi davlat rahbari.