Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

"FIFA, qayoqqa qarab ketyapsan?"

"FIFA, qayoqqa qarab ketyapsan?"

FIFA sobiq prezidenti Yozef Blatter Folarin Balogunning diskvalifikasiyasi bekor qilinganiga munosabat bildirdi.

AQSh terma jamoasi hujumchisi JCH-2026 1/16 finali doirasidagi Bosniya va Gersegovinaga qarshi o‘yinda (2:0) Tarik Muxaremovichning to‘pig‘ini bosib olgani uchun maydondan chetlatilgan edi. Shundan so‘ng u 1/8 finalda Belgiyaga protiv o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘ldi, chunki Balogunning bir o‘yinlik diskvalifikasiyasi bir yillik sinov muddati bilan to‘xtatib turildi.

Shuningdek, AQSh prezidenti Donald Tramp futbolchining jazosini qayta ko‘rib chiqish maqsadida FIFA rahbari Janni Infantinoga qo‘ng‘iroq qilgani ma’lum bo‘ldi.

"Qizil kartochkalar siyosiy qo‘ng‘iroqlar bilan bekor qilinmaydi. Ularni qoidalar, dalillar va mustaqil organlar bekor qiladi.

Agar AQSh prezidenti FIFA rahbarining ishlariga aralashsa va o‘yinchi kutilmaganda Jahon chempionati pley-off o‘yini oldidan oqlansa, savol tug‘ilishi tabiiy: "FIFA, qayoqqa qarab ketyapsan?".

Futbol hech qachon siyosiy kuchlarning o‘yin maydoniga aylanmasligi kerak", — deb yozdi Yozef Blatter.

Kiritildi: 20:15 06.07.2026. O'qildi: 1390 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!