Bugun 24 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

FIFA Argentinaga nisbatan ish ochadi, lekin...

FIFA Argentinaga nisbatan ish ochadi, lekin...

FIFA Argentina terma jamoasiga nisbatan Folklend (Malvin) orollari haqidagi banner tufayli intizomiy ish ochadi, deb xabar bermoqda COPE.

Biroq Jahon chempionati yakuniga qadar hech qanday sanksiyalar qo‘llanmaydi, shu sababli barcha ishtirokchilar finalda maydonga tushishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, JCH-2026 yarim finalida Angliya ustidan qozonilgan g‘alabadan (2:1) so‘ng, Argentina terma jamoasi futbolchilari g‘alabani "Malvin orollari argentinaliklarga tegishli" yozuvi tushirilgan banner bilan nishonlashgan edi.

Finalda Argentina terma jamoasi Ispaniya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Kiritildi: 21:24 16.07.2026. O'qildi: 950 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!