Bugun 5 oktyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

FIDE rahbarini ekstremist deb topishlari mumkin

FIDE rahbarini ekstremist deb topishlari mumkin

Rossiya Bosh prokuraturasi o‘tgan hafta FIDE prezidenti etib saylangan qozog‘istonlik tadbirkor Timur Turlovning aktivlarini musodara qilishni talab qilmoqda. Bu haqda «Kommersant’» xabar berdi.

Moskva Tver tuman sudiga kiritilgan da’vodagi javobgarlar qatorida Timur Turlov, shuningdek, u bilan bog‘liq bir qator kompaniyalar ko‘rsatilgan. Da’voning rasmiy mazmuni hozircha ochiqlanmagan.

«Kommersant’» manbalariga ko‘ra, Turlov va u bilan bog‘liq tuzilmalar Ukrainadagi tashkilotlarni moliyalashtirgani sababli ularni ekstremistik deb topish va mol-mulkni davlat daromadiga o‘tkazish masalasi ko‘tarilishi mumkin.

Turlov 2022 yilda Rossiya bilan aloqalarini uzib, Rossiya fuqaroligidan voz kechgan va Qozog‘iston fuqaroligini olgan. Qozog‘iston va Ukraina OAV ma’lumotlariga ko‘ra, u Ukrainaga gumanitar yordam uchun mablag‘ ajratgan. Xususan, Ukraina elchixonasiga 1 milliard tenge, Qozog‘istondagi xayriya jamg‘armalariga 371,5 million tenge ajratilgani xabar qilingan. Freedom Holding esa tez tibbiy yordam mashinalarini xarid qilish uchun 2 million yevro yo‘naltirgan.

Rossiyada avval ham Ukrainaga mablag‘ yuborgan ayrim shaxslar sud qarorlari asosida ekstremistik deb topilgan.

Turlovning vakillari da’voning tafsilotlari hozircha ularga aniq ma’lum emasligini, hujjatlar o‘rganilayotganini bildirgan.

Ish bo‘yicha tomonlarning suddagi uchrashuvi 15 oktyabrga belgilangan.

Kiritildi: 12:25 04.10.2026. O'qildi: 805 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!