Bugun 13 avgust, 2026 yil, payshanba

КИР

Fermerlarga bepul buxgalteriya xizmatlari ko‘rsatiladi

Fermerlarga bepul buxgalteriya xizmatlari ko‘rsatiladi

Adliya vazirligi fermer xo‘jaliklarining buxgalteriya hisobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Hujjat 2026 yil 11 avgustda 3921-son bilan ro‘yxatga olingan.

Nizomga ko‘ra, fermer xo‘jaliklariga buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish xizmatlari «Soliq-servis» AJning hududiy bo‘limlari tomonidan ko‘rsatiladi. Xizmatlar doirasida buxgalteriya hisobini tashkil etish, yuritish va tegishli hisobotlarni tayyorlash nazarda tutilgan.

Qonunchilikda belgilangan ayrim toifadagi fermer xo‘jaliklari uchun xizmatlar bepul amalga oshiriladi. Bu, jumladan, paxta va g‘alla yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari, yangi tashkil etilgan fermer xo‘jaliklari hamda rahbari yoshlardan iborat yangi fermer xo‘jaliklarini qamrab oladi.

Paxta va g‘alla yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklariga buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish xizmatlari bepul ko‘rsatiladi. Yangi tashkil etilgan fermer xo‘jaliklari esa o‘z ixtiyoriga ko‘ra dastlabki 6 oy davomida soliq va moliyaviy hisobotlarni yuborish xizmatlaridan bepul foydalanishi mumkin.

Boshlig‘i yoshlardan iborat yangi tashkil etilgan fermer xo‘jaliklariga esa xizmatlar 2 yil davomida ko‘rsatiladi.

Hududiy bo‘limlar fermer xo‘jaliklarini buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish tizimiga qabul qilish, xodimlar ish haqi, soliqlar va boshqa to‘lovlarni hisoblash, soliq va yig‘imlar hisobini yuritish ishlarini amalga oshiradi.

Shuningdek, fermer xo‘jaliklari uchun soliq, moliyaviy va statistika hisobotlarini tuzish, inventarizasiyadan o‘tkazishda ishtirok etish xizmatlari ham ko‘rsatiladi.

Kiritildi: 16:42 12.08.2026. O'qildi: 269 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!