Bugun 7 mart, 2026 yil, shanba

КИР

Fermerlar Fransiya Qishloq xo‘jaligi vazirligi hududiga bostirib kirishdi

Fermerlar Fransiya Qishloq xo‘jaligi vazirligi hududiga bostirib kirishdi

Evropa Ittifoqi bilan Janubiy Amerika davlatlarining MERCOSUR uyushmasi o‘rtasidagi savdo kelishuviga qarshi norozilik bildirayotgan fransiyalik fermerlar Parijdagi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hududiga kirib borishdi.

Bu haqda BFMTV telekanali ma’lum qildi.

Fermerlar hukumat milliy agrar sohaning manfaatlarini himoya qilish uchun yetarlicha chora ko‘rmagan, deb hisoblamoqda. Norozilar kelishuvga qarshi va fransiyalik fermerlarni qo‘llab-quvvatlovchi shiorlarni qichqirishmoqda.

Aksiya hukumatga ishonchsizlik bildirish haqidagi rezolyusiyalar parlamentda ovozga qo‘yilishi arafasida bo‘lib o‘tdi. Muxolifat hukumatni YEI–MERCOSUR kelishuviga yo‘l qo‘yayotganlikda ayblamoqda.

Polisiya namoyishchilarni hukumat kvartali hududidan siqib chiqarishga urinayotgani xabar qilinmoqda.

Kiritildi: 07:15 15.01.2026. O'qildi: 1021 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!