Bugun 17 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Ferdinand: «Messi va Ronaldu 17 yoshida bunday ishlar qilmagan»

Ferdinand: «Messi va Ronaldu 17 yoshida bunday ishlar qilmagan»

«Manchester Yunayted»ning sobiq himoyachisi Rio Ferdinand «Barselona» futbolchisi Lamin Yamalni Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu bilan solishtirdi.

«Biz hozirgina Messi va Ronaldu haqida gaplashdik, lekin ular 17 yoshida bunday o‘ynamagan. Yo‘q, ular bunday qilmagan. Men hali hech kim bunday o‘ynaganini ko‘rmaganman. Ularning hech biriga o‘xshamaydi deb o‘ylayman. Bu — Lamin Yamal, va menimcha, u Krishtianuga o‘xshamaydi. Krishtianu faoliyatining boshida fintlar qilardi, tomoshabop o‘ynardi, tez edi, tempi va texnikasi zo‘r edi. Lekin Laminga kelsak, gap tezlikda emas — u tempni qanday o‘zgartirishda. U ritmni o‘zgartiradi, tezlikni o‘zgartiradi, impulsni o‘zgartiradi: sekin, tez, yana sekin, yana tez, tez va yana sekin — go‘yo u butunlay boshqacha uslubda o‘ynayotgandek», — deya Ferdinand so‘zlarini keltirdi "Mundo Deportivo".

Lamin Yamal joriy mavsumda «Barselona» safida barcha musobaqalarda 54 ta o‘yinda ishtirok etib, 18 ta gol urdi va 25 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 11:54 19.05.2025. O'qildi: 639 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!