Kanada teleradiokompaniyasi CBCning 2001 yil 11 sentyabrdagi voqealarni terakt deb atamaslik haqidagi qarori tarixni buzib ko‘rsatishdir, dedi AQSh Federal tergov byurosi direktori Kesh Patel.
U X ijtimoiy tarmog‘ida shunday yozdi:
"AQSh tarixidagi eng yirik teraktda halok bo‘lgan insonlar xotirasini haqorat qilish va tarixni buzib ko‘rsatishdan ochiqchasiga voz kechmagan har qanday Kanada tashkiloti endi FBR uchun hamkor bo‘lmaydi".