Bugun 21 sentyabr, 2024 yil, shanba

КИР

“Favqulodda holat sifatida ko‘riladi” — IIV Bekobodda ichki ishlar bo‘limiga olib borilgan fuqaro o‘limi haqida

“Favqulodda holat sifatida ko‘riladi” — IIV Bekobodda ichki ishlar bo‘limiga olib borilgan fuqaro o‘limi haqida

Toshkent viloyatida IIB binosiga olib ketilgan aka-ukalardan biri vafot etgandi. IIV axborot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosov holat yuzasidan munosabat bildirdi. Bu haqida Daryo nashri yozmoqda.

Ma’lum qilinishicha, Bekobod shahar Jinoyat ishlari bo‘yicha sudida jamoat tartibini buzgan fuqarolarning huquqbuzarlik harakatlarini rasmiylashtirish jarayonida, Bekobod tuman IIBga olib kelingan fuqarolardan birining sog‘lig‘i yomonlashib, tibbiyot maskaniga olib borilganda vafot etgani yuzasidan Ichki ishlar vazirligi tomonidan prokuratura organlari bilan hamkorlikda o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda.

Hozirda voqea sodir bo‘lgan joylarda mavjud bo‘lgan barcha videoyozuvlar olingan bo‘lib, guvohlar hamda voqea ishtirokchilarning ko‘rsatmalari tekshirilmoqda, tegishli sudga oid ekspertizalar tayinlangan.

“Ichki ishlar organlari bilan bog‘liq holatda odam vafot etishi, yuzaga kelgan vaziyatdan qat’i nazar, favqulodda holat sifatida ko‘riladi va voqeaning barcha ishtirokchilarini, shu jumladan, har bir xodimning harakatlari sinchkovlik bilan, to‘liq va xolisona o‘rganilishi ta’minlanadi”, — deydi Shohrux G‘iyosov.

Shuningdek, Ichki ishlar vazirligi va shaxsiy tarkibi nomidan vafot etgan fuqaroning yaqinlariga ta’ziya bildirildi.

Kiritildi: 15:42 21.06.2024. O'qildi: 1140 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!