Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

"Farzandim o‘lsa bayram qilardim..."

"Farzandim o‘lsa bayram qilardim..."

Azizlar, asliy haqiqat shuki: farzandlarimizning sihat salomatligi biz  uchun Xudoning in’omidir. 

Birodarlarimdan biri menga bunday deb qoldi:

- Alloh taolo bir insonga sog‘lom farzand ato etsa, unga go‘yo million lira ato qilgandek bo‘lar ekan. (ya’ni, ayoli sog‘lom farzand tug‘sa).

- Nima demoqchisiz?

- Chunki, nabiram dunyoga kelganida tomirlari almashib,  arteriya qon tomiri vena qon tomiri o‘rniga, vena esa arteriya qon tomiri o‘rnida joylashib tug‘ildi. Uni hayotini asrab qolish uchun jarrohlik operasiyalari bir necha soat ichida amalga oshirilishi shart edi. Suriyada bunaqa operasiya uchun mutaxassis yo‘q. Chaqaloqni operasiya qilish uchun Livanga olib kelishdi. Doktor operasiya uchun uch yuz ming, shifonada davolash uchun esa to‘rt yuz ming lira so‘radi.

Chaqaloqni Damashqdan Bayrut (Suriyadan Livan) ga olib borishga ellik ming lira ketdi. Men bir necha soat ichida yetti yuz ellik ming lira to‘ladim. 

Shubhasiz, farzandlarning sog‘lom holda dunyoga kelib yashashi Alloh taoloning bahosiz  sovg‘asidir. Ya’ni, bola tug‘ilayotganida biron kamchilik bilan tug‘ilsa, uni davolashga million million xarajat ketadi (shunda ham tuzalsa).  Shunday ekan,  farzandlarning sog‘ salomat tug‘ilishi Allohning ne’matidir. 

Solih, senga itoat etadigan, sendan odob o‘rganadigan,  kelajagi Alloh irodasiga bog‘liq bo‘lsada seni sevadigan o‘g‘il senga hurmat keltiradi. 

Yana shunday farzandlar borki, oldingda ismi aytilsa alamdan titrab ketasan.

Mana shunaqa farzandidan kuygan otalardan biri menga:

- Agar o‘g‘lim o‘lsa bayram qilaman, degan edi.

Bu noqobil farzand otasiga shunchalar ko‘p aziyat yetkazgan, ko‘nglini ranjitgan, qalbini parokanda qilgan ekanki, ota bechora o‘g‘li o‘limini bayram hisoblayapti.

Solih farzand uchun Alloh taologa takror takror shukr qilish lozim.

U: «Ey Robbim, meni mag‘firat qilgin va menga o‘zimdan keyin biror kishiga muyassar bo‘lmaydigan mulkni hadya etgin. Albatta, sen ko‘plab atolarni berguvchisan», dedi.

(Sod, 35).

Shayx Muhammad Rotib Nobulsiy

Otalarga: o‘g‘il qizimizni bizga itoatkor, go‘zal muomalotli, rahmat yetkazadigan bo‘lishini istasak, ularga yoshligidan iymonni, har bir ishni ko‘rib turuvchi va yaxshilikka mukofot yomonlikka jazo berguvchi Zot borligini o‘rgatib, qalbiga singdirib qo‘yish lozim. 

Farzandimiz, ko‘z quvonchimiz kasal bo‘lsa o‘rniga kasal bo‘lishga, kerak bo‘lsa o‘rniga o‘lishga tayyormiz, deymiz. Ammo shu farzandimizga iymonni o‘rgatmasak, harom harishdan hazar qilishni anglatmasak do‘zaxda yonishini unutib qo‘ymayapmizmikan?

Unutmaylik o‘zimiz ekkan urug‘ni hosilini ham o‘zimiz yig‘amiz

«Ey imon keltirganlar! O‘zingiz va ahlingizni yoqilg‘isi odamlar va toshlar bo‘lgan olov (do‘zax)dan asrang».

(Tahrim, 6).

Farzandlarga: Farzandlaringiz sizga chiroyli muomala qilishi, aytganingizga bo‘ysunishi, ko‘z quvonchi bo‘lishini istasangiz......ota onangizga yaxshilik qiling, isyonu giryon qila ko‘rmang.

Zero, Nabiy sollallohu alayhi va olihi vasallam: "Ota onangizga yaxshilik qilinglar, shunda farzandlaringiz sizga ham yaxshilik qilishadi", deb aytganlar.

Hokim rivoyati.

Unutmang, ota onangizga qanday muomala qilsangiz, farzandlaringiz sizga ham xuddi shunday muomala qilishadi. Bunga ozgina vaqt kerak xalos.

Sunnatulloh Abdulbosit

Manba: azon.uz

Kiritildi: 04:30 27.09.2020. O'qildi: 9099 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!